🏛Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati G.Qorayeva hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan 3-sonli umumta’lim maktabida ta’lim tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
📌O‘rganish jarayonida ta’lim sifati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sinfxonalarning holati hamda maktabda olib borilayotgan bunyodkorlik va modernizatsiya ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
🔷Shuningdek, mavjud muammo va takliflar yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazilib, mazkur masalalarni Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati