Yangiliklar

Kengash_faoliyati

"GULBOG‘" MAHALLASIDA O‘RGANISH ISHLARI.

✅Xalq bilan muloqot qilish va muammolarni manzilli hal etish — bugungi islohotlarning bosh mezonidir.

✅Bandixon tumanida deputatlik nazorati va mahalla tizimi hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarish, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish maqsadida amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputatlari uchun tasdiqlangan reja-jadval hamda “24-tavsiya” ijrosi doirasida navbatdagi o‘rganish tadbiri “Gulbog‘” mahallasida o‘tkazildi.

✅Unda tuman Kengashi deputati Xalmatov Isoqul Amandavlatovichga biriktirilgan kotibiyat xodimi B.Qurbonov ishtirok etib, mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy muhit hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

✅ Asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:

✅Yoshlar yetakchisi faoliyati: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash darajasi.

✅Xotin-qizlar faoli ish tartibi: Ayollarni ijtimoiy himoya qilish, ularning muammolarini hal etish va kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar holati.

Maqsad aniq: Har bir murojaat e’tiborda, har bir muammo yechimi bilan mahallaning o‘zida hal etilishi lozim!

Slide 1 of 1