Yangiliklar

Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Galatut mahallasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Kazakov tomonidan aholi bilan uchrashuv tashkil etildi.

👥Mazkur uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb muammolar, taklif va tashabbuslar tinglandi.

🔹 Aholi tomonidan asosan ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi barqarorligi hamda ijtimoiy soha bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
🔹 Deputat tomonidan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlarga yuborish hamda nazoratga olish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

🤝 Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv fuqarolar bilan bevosita aloqani mustahkamlash, ularning muammolarini joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etdi.

📌 Bildirilgan taklif va murojaatlar asosida tegishli choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1