#deputatlik_faoliyati #poytaxtdeputatlari #fuqarolar_bilan_uchrashuv
❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATLARI ISHTIROKIDA FUQAROLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
🏛 Al-Farg‘oniy mahallasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati S. Saifnazorov, O‘zbekiston “Adolat” SDP a’zosi K. Annaqulov hamda xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputati H. Kuchkarova tomonidan aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
📍 Uchrashuv davomida 2026-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha hududda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha axborot berildi. Xususan:
▪️ deputatlar va mahalla “yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar samaradorligi hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar;
▪️ hokim yordamchilari tomonidan aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
▪️ xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tashabbuslar;
▪️ ijtimoiy xodimlar tomonidan ehtiyojmand toifalarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish, kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlash hamda to‘lash tartibi;
▪️ ko‘p qavatli uylarning texnik holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
💬 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari targ‘iboti amalga oshirildi.
Poytaxt Deputatlari
(https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari) 🔎 E-kengash (https://kengash.gov.uz/news?region_id=14&authority_id=424)