Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi hamda “Xalq qabulxonasi” bilan hamkorlikda fuqarolar murojaatlari yuzasidan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida, ayniqsa, “Inson” ijtimoiy himoya xizmati markazidan kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda tuman hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etib, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarning muammolariga tezkor va manzilli yechim topish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Slide 1 of 8