🔹Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini taʻminlash doirasida joylarda tizimli ishlar davom etmoqda. Reja-jadvalga muvofiq, xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati X.Jumaboyev 4-Bekobod saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda “Yangiovul” va “Qo‘shtamg‘ali” mahallalarida 2025-yil yakuni va 2026-yil 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
🔹Uchrashuvda tumandagi tegishli korxona va tashkilotlardan masʻullar ishtirok etishdi.
🔹Shu jumladan deputatga biriktirilgan “Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари toʻgʻrisida"gi 22.04.2013-yilda qabul qilingan OʻRQ-350 sonli qonunini mazmun-mohiyati ham tushuntirib oʻtildi.