Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi deputati U. Xudoyqulov o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda tegishli tuman tashkilotlari vakillari ham ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.
Uchrashuvda aholi bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Natijada 2 nafar fuqaroga Bandlik bo‘limi tomonidan ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.
Bunday uchrashuvlar aholi muammolarini joyida o‘rganish va ularni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.