Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 1-Madaniyat saylov okrugidan saylangan deputati Rajabov Qaxramon Xamzayevich Madaniyat mahallasiga tashrif buyurib, saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida 2025-yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar, bajarilgan loyihalar va ularning sarhisobi yuzasidan batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, 2026-yil uchun mo‘ljallangan ish rejalari hamda ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
Muloqot jarayonida mahallada jinoyatchilikning oldini olish, chet elga vaqtinchalik mehnat faoliyati uchun ketgan fuqarolarni qaytarish va ularni ish bilan ta’minlash, yoshlar bandligini oshirish, ajrim yoqasida turgan oilalar bilan profilaktik ishlarni kuchaytirish, to‘y va boshqa marosimlarni ixcham va tejamkor o‘tkazish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.
t.me/Toyloq_tuman_Kengashi