Yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A. Ermatov fuqarolar murojaati yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.

Murojaatda ko‘tarilgan masala atroflicha o‘rganilib, har bir fuqaroning fikr-mulohazalari tinglandi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan murojaat mazmuni yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi, amaldagi qonunchilik talablari va mavjud tartib-taomillar haqida ma’lumot taqdim etildi. Shuningdek, masalani ijobiy hal etish yuzasidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan choralar muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida murojaatchilarga zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, masala nazoratga olindi. 

Slide 1 of 3