Yangiliklar

“Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy — millat faxri”

 9-fevral — buyuk shoir, ulug‘ mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavallud topgan muazzam sana.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxtako‘pir tumani Kengashi raisi B.Baymbetova hamda Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi deputati A.Pirjanova boshchiligida “O‘zbekiston” MFY hududida joylashgan 10-sonli umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

 Tadbir davomida o‘quvchi-yoshlarga ulug‘ ajdodimiz Alisher Navoiyning bebaho ijodiy va ilmiy merosi, uning xalqimiz ma’naviyati, jahon adabiyoti hamda milliy madaniyatimiz rivojidagi beqiyos o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 3