Xalq
deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboev tashabbusi bilan
“15-Oqbilol” saylov okrugida yana bir muhim masalaga amaliy yechim topildi.
🔹 22-sonli
umumta’lim maktabi oldida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining
oldini olish va bolalarning maktabga xavfsiz qatnab kelishini yo‘lga qo‘yish maqsadida
zamonaviy svetofor o‘rnatildi. Ushbu tashabbus — farzandlarimiz xavfsizligiga qaratilgan aniq va manzilli
amaliy qadamdir. Ayniqsa, serqatnov yo‘l hududida joylashgan maktab uchun bu kabi
chora-tadbirlar juda dolzarb edi. Endilikda o‘quvchilar yo‘lni xavfsiz kesib o‘tish
imkoniyatiga ega bo‘ldi.
🔹 Mazkur ish aholi va ota-onalar tomonidan minnatdorlik bilan qabul qilindi.
Bu esa deputatning saylovchilar murojaatlariga mas’uliyat bilan yondashib, ularni
amalda hal etishga intilayotganining yaqqol ifodasidir.
🔹 Yosh avlod xavfsizligi — eng ustuvor
vazifa. Ana shunday ezgu tashabbuslar hududda xavfsiz va farovon muhit yaratishga
xizmat qiladi.