Yangiliklar

Qumqishloq MFYda muammolar yechim topmoqda: eskirgan simyog‘ochlar yangilanadi

Qumqishloq MFYda muammolar yechim topmoqda: eskirgan simyog‘ochlar yangilanadi

Aholi murojaatlari va ijtimoiy muammolarni bartaraf etish xalq vakillarining doimiy e’tiborida. Bugun Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Yallaqodirova hamda tuman hokimligi mutasaddi xodimlari ishtirokida “Qumqishloq” MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi yaroqsiz holatga kelib qolgan eskirgan simyog‘ochlarni yangilash masalasi ko‘rib chiqildi. Mazkur muammoni qisqa fursatlarda hal etish va aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida mas’ul xodimlar bilan birgalikda aniq chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Slide 1 of 3