Yangiliklar

Saylovchilar bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Bandixon tumani “Birdamlik” MFY da xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati B.Rajabov hamda “mahalla yettiligi” hamda mahalla aholisi ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab yig‘ilishda deputat tomonidan saylovchilarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan farmon va qarorlar ijrosi borasida qilinayotgan ishlar xususida tushuntirish ishlarini olib borilib, o‘tgan davr mobaynida saylovchilar murojaati asosida joylardagi mavjud kamchilik va muammolar atroflicha o‘rganib chiqildi.

Uchrashuv so‘nggida hududda mavjud muammolar, fuqarolar tomonidan berilgan takliflar yechimi yuzasidan rejalar tuzilib, fuqarolar murojaatlari tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3