XALQ DEPUTATLARI BANDIXON TUMANI KENGASHI FAOLIYATI
28.08.2025 y Xalq deputatlari tuman Kengashining MAHALLIY BYUDJET, TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA IQTISODIY ISLOHOTLAR BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYASI yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-133-sonli qarorining tumanda ijrosi yuzasidan tuman “Energosavdo” bo‘limi boshlig'i B.Suyunov hamda “Bandixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig'i A.Ochildiyev tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida hisoboti komissiya aʼzolarlari tomonidan muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilish so‘ngida komissiya tomonidan kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.