Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saxovat — Insoniylikning Oliy Namunasi: Deputat Tashabbusi Amalda
янв.21
Andijon viloyati Kengashi raisi O'ktamjon Oxunov
янв.21
7-chaqiriq xalq deputatlari Baliqchi tumani Kengashining 3-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Сарновул маҳалласида тизимли ишлар амалга оширилмоқда.
янв.21
Баликчи тумани Кенгаши депутатлари томонидан Кияли махалла фукаролари йигинида ахоли хонадонларида ишсиз хотин-кизларни ипак курти парваришлаш мавсумий ишларига жалб этилиши урганилди.
янв.21
Baliqchi tumani mahalliy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
Baliqchi tumani taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
Baliqchi tumani mahalliy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
Baliqchi tumani sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
Baliqchi tumani mahalliy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining yetmish uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi

Joriy yilning 27 fevral kuni Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashining yetmish uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Ushbu sessiya ishida tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona hamda tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. 

Sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritildi: 

1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash” to‘g‘risidagi 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-sonli qarori ijrosi to‘g‘risida.
2) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-300-sonli qaroriga asosan “Navro‘z” mahallasi hududidan 5,0 gektar yer maydonida “Yashil jamoat parkini” tashkil etish to‘g‘risida. 

3) 2024-yilda investitsiya va eksport boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida tuman xokimining oʻrinbosari J.Xolmuxammedovning hisoboti.  

4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-sonli qarori asosida Sardoba tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan bir qancha konturlardagi yerlarni ijara asosida auksion savdolarga
chiqarish loyihalarini tasdiqlash to‘g‘risida.
 

5) “Ayollar daftari” bilan ishlash tizimining 4-bosqichini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i M.Eshonxonovaning hisoboti. 

6) Tumandagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni “Temir daftar”ga kiritish to‘g‘risida. 

7) Tuman mahalliy budjetidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.  

8) Boshqa masalalar.   

Slide 1 of 1