Uchrashuvda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 16 aprel kungi “ Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarori mazmun mohiyatini aholiga tushuntirish maqsadida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi, shahar hokimi G‘ofurjon Abdurahmonov, sektor rahbarlari, mahalla yettiligi, shahar kommunal sohalarning rahbarlari ishtirokida Andijon shahar Bog‘ishamol dahasidagi “Bog‘ishamol”, “Buyuk ipak yo‘li”, “Yangi Hayot”, “Bog‘i eram” mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholiga qulayliklar yaratish uchun qanday ishlar olib borish kerakligi bo‘yicha fikrlar tinglandi.
Fuqarolar muammo va takliflarini hal etish uchun tegishli tashkilot vakillariga biriktirilib yechimi bo‘yicha axborot berish zarurligi tushuntirildi.