PILLA -YETTI
XAZINANING BIRIDIR.
Buloqboshi tumani pillakorlari joriy yilda shartnomadagi 176.9 tonna "kumush tola" xirmonini
yaratish uchun astoydil mehnat qilishga kirishdilar.
Joriy yilning 9-18 aprel kunlari 24 ta markazlashgan inkubatoriyalarda
ipak qurti urug‘lari qo‘yilib, jami 2999 dona quti ipak qurtlari parvarishlandi. Tuman bo‘yicha 2 ming 505 nafar ipak qurti
boquvchilari yollanib, xozirgi kunlarda tuman
Kengashi deputati X.Xolmatova boshchiligida
yaxshi niyatlar bilan duolar qilinib, ipak
qurti boquvchi xonadonlarga tarqatilmoqda.