Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saxovat — Insoniylikning Oliy Namunasi: Deputat Tashabbusi Amalda
янв.21
Andijon viloyati Kengashi raisi O'ktamjon Oxunov
янв.21
7-chaqiriq xalq deputatlari Baliqchi tumani Kengashining 3-sessiyasi bo'lib o'tdi.
янв.21
Сарновул маҳалласида тизимли ишлар амалга оширилмоқда.
янв.21
Баликчи тумани Кенгаши депутатлари томонидан Кияли махалла фукаролари йигинида ахоли хонадонларида ишсиз хотин-кизларни ипак курти парваришлаш мавсумий ишларига жалб этилиши урганилди.
янв.21
Baliqchi tumani mahalliy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
Baliqchi tumani taʼlim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
Baliqchi tumani mahalliy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
Baliqchi tumani sanoat, transport, qurilish, kommunal soha va aholiga xizmat ko‘rsatish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
янв.21
Baliqchi tumani mahalliy iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, investitsiyalar va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Aminova Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida ayollar tadbirkorligi va to‘qimachilik sohasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Aminova Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida ayollar tadbirkorligi va to‘qimachilik sohasini rivojlantirish masalalari o‘rganildi

Joriy yilning 28–31-yanvar kunlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi, partiyaning Ayollar qanoti faoli Aminova Aziza Marksovna Navoiy viloyatida xizmat safari bilan bo‘ldi.

Tashrif davomida viloyatda, xususan, to‘qimachilik sohasini rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Xususan, “Mahallaning ishbilarmon ayoli” loyihasi doirasida Karmana tumanida faoliyat yuritayotgan “Hazora Tekstil” MChJ faoliyati bilan tanishildi. Mazkur korxonada bugungi kunda 150 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, asosan futbolka mahsulotlari ishlab chiqarilib, Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinmoqda. Shuningdek, korxona yaqin istiqbolda yana 100 nafar ishchini ish bilan ta’minlash salohiyatiga ega ekani aniqlanib, ishchi-xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Shu bilan birga, deputat tomonidan “O‘zbekiston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ishbilarmon ayollar faoliyati sayyor tarzda o‘rganildi. Dastlab 3 gektar maydonda tashkil etilgan “Kids Academy” nodavlat ta’lim muassasasi faoliyati bilan tanishildi. G. Murtazayeva rahbarligidagi ushbu nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi 350 o‘rinli bo‘lib, zamonaviy sharoit va qulayliklarga ega.

Muassasada 8 turdagi to‘garaklar, jumladan, sog‘lomlashtiruvchi bolalar massaji, suzish, karate, badiiy gimnastika, raqs, ingliz va rus tillari hamda mental arifmetika yo‘nalishlari samarali faoliyat yuritmoqda. Ushbu xizmatlar tarbiyalanuvchilarning har tomonlama rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etayotgani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati A. Aminova hamda Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi deputati Q. G‘aniyevlar tomonidan Karmana tumanidagi “Sardoba” va “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari hamda 27-maktab direktori ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Tashrif yakunida deputatlar “Sardoba” MFY hududida Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan eski bino o‘rnida yangidan barpo etilayotgan Malikrabot oilaviy shifokorlik punkti (OShP) qurilish jarayonlari bilan tanishib, bajarilayotgan ishlar holatini o‘rgandilar.

Mazkur tashrif hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash infratuzilmasini yaxshilash hamda mahallalarda xavfsiz va barqaror muhitni ta’minlashga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 15