Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi
янв.21
2025-yil 31-yanvar kuni xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yetinchi chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 26-dekabr xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 29-noyabr xalq deputatlari tuman Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 6-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Kattaqoʻrgʻon shahar Kengashining navbatdagi oltinchi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

SHAHAR KENGASHINING SESSIYASI O’TKAZILDI

Bugun Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining yettinchi chaqiriq oltinchi sessiyasi o’tkazildi.

Dastlab 2024-yil davomida Xalq qabulxonasi, sektorlar va tashkilot rahbarlarining aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash faoliyati yuzasidan shahar Xalq qabulxonasi mudiri X.Shodievaning axboroti eshitildi. Shundan so’ng shahar ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i G‘. Islomov Kattaqo‘rg‘on shahar ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2024-yilning 12 oyi davomida jinoyatchilikni oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi.

Shuningdek, shahar mahalliy budjetining 2024 yil ijrosi va xarajatlar yoyilmasiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida hamda 2024-yil davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti to‘g‘risida iqtisodiyot va moliya bo‘limi o‘rinbosari O.Kadirovning hisoboti eshitildi.

Sessiyada deputatlar kun tartibiga kiritlgan quyidagi masalalarni ko’rib chiqdilar va qarorlarni tasdiqladilar. Jumladan,

1. 2025-yil 1-yanvar holatiga shahar mahalliy budjetining erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan ajratiladigan mablag‘lar.

2. Xalq deputatlari mahalliy Kengash deputatlari tomonidan o‘z saylovchilari oldida axborot berish tartibini tasdiqlash.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlashda davlat organlari va tashkilotlarini faoliyatini muvofiqlashtirish haqida.

4. 2025-yilda Kattaqo‘rg‘on shahri bo‘yicha suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va yer qaridan foydalanganlik uchun bazaviy soliq stavkalariga qo‘llaniladigan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo‘llash to‘g‘risida.

5. Xalq deputatlari shahar Kengashi huzurida ekspert guruhini tashkil qilish to‘g‘risida

6. Xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan Kengash so‘rovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat so‘rovini yuborish tartibini tasdiqlash to‘g‘risida

7. Xalq deputatlari mahalliy Kengashi sessiyalarida hududiy davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslarining hisobot (axborot)larini eshitishning namunaviy tartibini tasdiqlash to‘g‘risida.

8. Xalq deputatlari shahar Kengashi qarorlari loyihalarini ishlab chiqish hamda ularni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uslubiyotini tasdiqlash to‘g‘risida.

Shuning bilan sessiya o’z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 6