Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi
янв.21
2025-yil 31-yanvar kuni xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yetinchi chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 26-dekabr xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 29-noyabr xalq deputatlari tuman Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 6-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 23-avgust kuni Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining navbatdagi ellik to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi

Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi
o‘n birinchi sessiyasi

KUN TARTIBI

1. Arnasoy tumanidagi ko‘p qavatli uy-joylarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash, ularning atrofini ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish hamda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholini qiynab kelayotgan boshqa muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha tuman hokimi O.Musanovning hisoboti; 

2. Tuman hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchiliknijilovlash, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori I.Begashevning axboroti; 

3. Tuman hududida kriminogen vaziyatni yaxshilash, huquqbuzarliklar profilaktikasini ta’minlash, jinoyat sodir etilishi omillarini bartaraf etish va korrupsiyani oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i J.Karimovning hisoboti; 

4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 31 dekabrdagi “Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-468-son qarorining joriy yil sentyabr oyidagi ijrosi, 2025 yil 3-chorak jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobotini tasdiqlash hamda tuman mahalliy byudjetining 2025 yil 2-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismini xarajatlarga yo‘naltirish haqida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Ismatovning hisoboti; 

5. Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati isitish tizimi, ayniqsa, ijtimoiy soha obektlarining mavsumga tayyorlash ishlarining borishi to‘g‘risida tuman hokimining o‘rinbosari U.Anarqulovning hisoboti; 

6. «O‘zbekiston — 2030» strategiyasining yoshlarga oid davlat siyosati va sport yo‘nalishlaridagi islohotlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, yoshlarni zamonaviy kasblar va chet tillarga o‘qitish, yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 13 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-20-V-sonli qarori ijrosi yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Kenjaboevning hisoboti; 

7. Tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek xotin- qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i G.Xaydarovaning hisoboti; 

8. «O‘zbekiston — 2030» strategiyasining aholi salomatligini ta’minlash yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 noyabrdagi “Aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yaxshilash va sog‘liqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-6-sonli qarorining ijrosi hamda tuman tibbiyot birlashmasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisoboti; 

9. “2025 yilda aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-12-sonli qarorining ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar hamda Arnasoy tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini
2026 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori Sh.Sayimovning hisoboti; 

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish sarmaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-sonli
qaroriga asosan novegetatsiya davri uchun va 1 oktyabrga qadar kuz-qish davri uchun yakuniy iste’molchilar kesimida ekinlarni sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash bo‘yicha “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori X.Eshonqulovning hisoboti; 

11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025 yil 13 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari
bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-20-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida.  

Slide 1 of 9