Ushbu sessiyada Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini roʻyxatga olish, Xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash, Navoiy viloyati hokimining G'ozg'on shahar hokimini tayinlash toʻgʻrisida qarorini tasdiqlash masalalari koʻrib chiqildi.
🇺🇿 Sessiya davomida viloyat hokimi oʻrinbosari Elyor Mardonov viloyat hokimining G'ozg'on shahar hokimini tayinlash toʻgʻrisida qarorini oʻqib eshittirdi. Ushbu qaror xalq deputatlari G'ozg'on shahar Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan maʻqullanib, Joʻrayev Nurali Shuhratovich G'ozg'on shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.