Muzrabot tumanining "Duoba" mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish ishlari Senat Ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi.
Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Iminov Odiljon Karimovich, Surxondaryo viloyat Kengashi kotibiyat mudiri Abduraimov Saydullo Berdishukurovich Muzrabot tumani hokimligi mas'ullari ishtirokida mahalladagi "Hafizillo-Hamidullo" xususiy korxonasiga qarashli "Milliy patir-non ishlab chiqarish" sexi faoliyati bilan tanishdi.
Bugungi kunda mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha korxona tomonidan 5 nafar ish o‘rni yaratilib, ushbu oilalar doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishgan.