Ishtixon tumani fuqarolarining muammolari tinglandi
Bugun xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamov korxona-tashkilot vakillari ishtirokida tuman fuqarolari uchun sayyor qabul o‘tkazdilar.
Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar o‘z murojaat va takliflari yuzasidan bevosita xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyat mudiri N.Kiyamovga murojaat qilishdilar. Xususan, fuqarolar tomonidan sog‘lig‘ini tiklash, ishga joylashtirish, uy-joy taʼmiri, moddiy yordam, elektr energiyasi va ichki yo‘llarni taʼmirlash kabi masalalar yuzasidan murojaatlar bo‘ldi.
Murojaatlar tegishli tartib o‘rganib, ijobiy hal qilish choralari ko‘rilmoqda.