Barcha joyda bo‘lgani singari Oqdaryo tumanida ham 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari bayrami keng nishonlandi. Bugun tuman Kengashining bo‘lib o‘tgan sessiyada ham jurnalistlar mehnati yuqori baholanib, ular sha’niga iliq fikrlar aytildi. Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Sherzod Qudratov tuman Kengashi va hokimlik nomidan 50 yildan buyon matbuotda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Oqdaryo ovozi” gazetasining bosh muharriri Yo‘lchi Muhammadiyevni TASHAKKURNOMA va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi. Shuningdek, tumandagi bir guruh jurnalist va blogerlar bayram bilan muborakbod etilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.