Bugun Oqdaryo tuman prokurori 2-sektor rahbari A.Vaxabov hamda 22-Olchin saylov okrugi deputati J.Buzrukov tomonidan sektor hududidagi "Navro‘z" MMTP hududi “Olchinariq dalasi” fermer xo‘jaligida qizg‘in davom etayotgan g‘alla o‘rim jarayoni bilan tanishib, g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasdan sifatli olib borish, g‘alladan bo‘shagan maydonlarni ikkinchi ekinga tayyorlash xususida MMTP rahbari, fermer xo‘jaligi rahbari va soha mutasaddilariga tavsiya va topshiriqlar berdi.