35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi
янв.21
2025-yil 31-yanvar kuni xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yetinchi chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 26-dekabr xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 29-noyabr xalq deputatlari tuman Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 6-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
DEPUTATLAR MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATINI O‘RGANDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati R.Yusupov va Xalq deputatlari Xiva tuman kengashi
deputati F. Yusupovlar hududlarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘rganish bo‘yicha 2025 yil
oktabr–noyabr oylariga mo‘ljallangan media-rejasi doirasida navbatdagi amaliy tadbir Xiva tumanida bo‘lib o‘tdi.Xususan, Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Raximbergan Yusupov va Xalq deputatlari Xiva tuman kengashi deputati F. Yusupovlar Xiva tumanidagi Shayx Najmiddin Kubro mahallasida joylashgan 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.O‘rganish jarayonida deputatlik faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha koordinator va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari yordamchisi S.Babaniyazov, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan Xalq Deputatlari Xiva tuman Kengashi deputati F.Yusupov hamda maktab direktori Z.Ibragimov ishtirok
etdilar.
Mazkur ta’lim muassasasi 1977 yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan bo‘lib, hozirda maktabda 100 nafar ishchi va xizmatchilar faoliyat yuritib kelmoqda. Maktabda bugungi kunda 1072 nafar
o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Maktab ko‘mir yoqilg‘isiga moslashtirilgan bo‘lib, muassasada 5 ta zamonaviy isitish qozoni o‘rnatilgan. Bu isitish qozonlarini kuz-qish mavsumida uzluksiz doimiy ishlashini ta’minlash maqsadida tadbirkor tomonidan ikki nafar o‘t yoquvchi xodim ishga qabul qilingan. O‘rganish jarayonida deputatlar maktabdagi isitish qozonlarining ishlash holati, mavjud ko‘mir zahirasi va yong‘in
xavfsizligi burchagi bilan tanishdilar. Hozirda maktab omborida 8 tonna ko‘mir zahirasi mavjud. Maktabni isitish uchun mas’ul bo‘lgan “Toshmasjid” xususiy korxonasi (rahbari Z.Jonibekov) omborida yana kuz-qish mavsumiga yetarli darajada ko‘mir yoqilg‘isi zahira qilingan. Bu esa qish mavsumini betalofat o‘tkazilishini va isitish tizimining barqaror faoliyatini uzluksiz ta’minlaydi. O‘rganish jarayonida ta’lim muassasasining
umumiy holati qoniqarli ekanligi, dars jarayonlarini samarali tashkil etish, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, hamda kuz-qish mavsumida ta’lim jarayoni uzluksiz davom etishini ta’minlash bo‘yicha barcha zarur shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi. O‘rganish yakunida maktab direktori tomonidan muassasa hududida bolalar uchun sport maydonchasining sun’iy qoplama bilan ta’mirlanishi to‘g‘risida taklif berildi.  

Slide 1 of 1