Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi
янв.21
2025-yil 31-yanvar kuni xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yetinchi chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 26-dekabr xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 29-noyabr xalq deputatlari tuman Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 6-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Deputat saylovchilari bilan

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Zebiniso Yusupova Payariq tumani Birlashuv mahallasiga ajrim arafasida turgan oilaning ahvolini o‘rganish maqsadida tashrif bilan bordi. Uchrashuv davomida u oila a’zolari bilan ochiq suhbat o‘tkazib, ularning muammolari va ehtiyojlarini aniqladi.

Oilada yuzaga kelgan tushunmovchiliklarni bartaraf etish va ularni murosaga kelishga undash deputatning asosiy vazifasi bo‘ldi. Suhbatda u davlat tomonidan beriluvchi ijtimoiy yordam va psixologik qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida ham ma’lumot berdi.

Uchrashuv yakunida taraflar o‘rtasida kelishuvga erishildi, bu esa oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va ajrimning oldini olishga xizmat qiladi. 

Uchrashuv so‘ngida, mahalla faollari va ijtimoiy tashkilotlar ham muammoni hal etishda yordam berishga tayyorligi bildirildi.

Deputat faoliyati orqali davlat va jamoatchilik o‘rtasida samarali hamkorlikka erishish, aholining ijtimoiy muammolarini tez va samarali hal etish mumkinligini yana bir bor isbotladi.

Slide 1 of 2