Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi
янв.21
2025-yil 31-yanvar kuni xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yetinchi chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 26-dekabr xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 29-noyabr xalq deputatlari tuman Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 6-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Ta'lim va tarbiya deputat nazoratida

 Ta'lim va tarbiya deputat nazoratida  

Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D.Karimov tomonidan Toshobod MFY hududida joylashgan 38-umumta'lim maktabining 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni ko‘zdan kechirildi. Mazkur jarayonda maktab binosining holati, sinfxonalar jihozlanishi, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanish darajasi, sanitariya-gigiyena talablari, isitish tizimi va
xavfsizlik choralari alohida e’tibor bilan o‘rganildi.
Shuningdek, maktab hududi obodonlashtirilgani, yashil makonlar barpo etilgani va sport maydonchalari qayta ta’mirlangani ta’kidlab o‘tildi. O‘qituvchilar tarkibi bilan suhbatlar o‘tkazilib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, dars jadvallari, pedagogik kadrlar malakasi va yangilangan o‘quv dasturlarining joriy etilishi yuzasidan muhokamalar olib borildi. Tegishli mas’ullarga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilarga qulay va zamonaviy
sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shu bilan birga, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha tavsiyalar bildirildi.
Maktab jamoasi yangi o‘quv yilini yuqori saviyada boshlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Shuningdek 5-Povulg'on okrugi deputati D.Karimov tashabbusi bilan 38-umumta'lim maktabida nuroniylar hamda faxriy ustozlar bilan birgalikda davra suxbati o'tkazildi.   

Slide 1 of 7