Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi
янв.21
2025-yil 31-yanvar kuni xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yetinchi chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 26-dekabr xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 29-noyabr xalq deputatlari tuman Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 6-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 1 foizli soliq — kichik biznesni rivojlantirishda muhim qadam

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun 1 foizli soliq — kichik biznesni rivojlantirishda muhim qadam

So‘nggi paytlarda mamlakatimizda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ulardan biri — yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanishi to‘g‘risidagi qaror, amaldagi tadbirkorlarni ham, faoliyatni boshlamoqchi bo‘lgan yurtdoshlarimizni ham quvontirganini alohida ta’kidlash joiz 2026-yil 1- yanvardan boshlab yillik aylanmasi 1 milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi.

Deputat sifatida bu yangilikni qo‘llab-quvvatlayman va uni xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim iqtisodiy qadam deb bilaman. Chunki bu tashabbus:

Norasmiy faoliyat yuritib kelayotganlar uchun legallashtirish imkoniyatini yaratadi;

Ishsizlar uchun o‘z biznesini boshlashni yengillashtiradi;

Oilaviy tadbirkorlik, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish sohalarida faollikni oshiradi;

Fuqarolarni davlat organlari bilan ochiq va ishonchli munosabat o‘rnatishga undaydi.

Bunday yengillashtirilgan soliq stavkasi nafaqat yangi tadbirkorlarni jalb qiladi, balki mavjud yakka tartibdagi tadbirkorlarning faoliyatini ham barqarorlashtiradi. Ayniqsa, Navoiy shahri kabi sanoat markazida kichik biznesga qulay shart-sharoitlar yaratish aholi daromadlarini oshirish va joylarda iqtisodiy faollikni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, deputatlar sifatida biz fuqarolarni ushbu imkoniyatdan faol foydalanishga chaqiramiz va mahalliy darajada zarur tushuntirish, maslahat, huquqiy yordam berish ishlarini tizimli tashkil etish uchun mas’ulmiz.

Xulosa o‘rnida:

Soliq siyosatidagi bunday yengilliklar — faqat raqamlar emas, balki har bir oila, har bir tadbirkor uchun yangi imkoniyat, ishonch va farovonlikdir. Kelgusida ham ana shunday xalqparvar tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularning joylarda samarali amalga oshishini ta’minlash — har bir deputatning burchi va vazifasidir.

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati

Mirzayev Javoxir Fazliddin o‘g‘li