Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi
янв.21
2025-yil 31-yanvar kuni xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yetinchi chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 26-dekabr xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 29-noyabr xalq deputatlari tuman Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 6-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Strategik muloqot va xalqaro hamkorlik sari mustahkam qadam

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Respublikasiga amaliy tashrifi doirasida qator muhim xalqaro anjumanlar va ikki tomonlama uchrashuvlarda ishtirok etib, mamlakatimizning mintaqaviy hamda global hamkorlikdagi o‘rnini yanada mustahkamlashga qaratilgan bir qator tashabbuslarni ilgari surdi. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi munosabatlar tobora yuqori bosqichga ko‘tarilayotgani, bu aloqalar o‘zaro ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va mustahkam do‘stlikka asoslangani alohida qayd etildi. 

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo aylanmasi izchil o‘sib bormoqda. Joriy yil boshidan buyon ushbu ko‘rsatkich 600 million dollarga yaqinlashdi. Bu esa o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalar izchil va amaliy rivojlanayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa, energetika, sanoat, qishloq va suv xo‘jaligi, transport kabi strategik tarmoqlardagi hamkorlik yanada
chuqurlashmoqda.
 

Shuningdek, “Shovot — Toshovuz” chegara oldi savdo zonasini tashkil etish borasidagi kelishuvlar ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi, chegaraoldi hududlar rivojiga kuchli turtki berishi kutilmoqda. 

Alohida qayd etish joiz, Avazadagi xalqaro anjuman — rivojlanayotgan davlatlar manfaatlari uchun muhim maydon bo‘ldi, desak aslo yanglishmaymiz. 

Binobarin, BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasida transport va logistika tizimini rivojlantirish, savdo jarayonlarini soddalashtirish, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga moslashish, iqtisodiy barqarorlik va raqamli transformatsiya, Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish kabi masalalar
atroflicha muhokama qilindi.
 

Anjumanda qabul qilingan “Avaza siyosiy deklaratsiyasi” va Harakatlar dasturi xalqaro hamkorlikdagi aniq vazifalarni belgilab, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun amaliy yo‘l xaritasini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

Prezidentimiz ushbu anjumandagi nutqida O‘zbekistonning mintaqaviy hamkorlik, atrof-muhit muhofazasi va inklyuziv rivojlanishga doir yondashuvini aniq ifoda etdi. 

Tashrif doirasida Prezidentimiz Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchiMaslahat uchrashuviga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan tadbirda ham qatnashdi. Bunday uchrashuvlar mintaqa davlatlari o‘rtasidagi siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, hududiy xavfsizlikni ta’minlash, chegaralararo aloqalar, suv-energetika resurslari va transport-kommunikatsiya sohasidagi muammolarni kelishilgan holda hal etishda muhim platforma vazifasini o‘tamoqda. 

Ayniqsa, Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan navbatdagi Maslahat uchrashuvi doirasida qabul qilinishi kutilayotgan kelishuvlar mintaqada siyosiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy hamkorlikni kuchaytirish va umumiy strategik maqsadlarni muvofiqlashtirishni yanada samarali amalga oshirishga zamin yaratadi. 

Prezidentimizning Turkmanistonga amaliy tashrifi — bu nafaqat ikki tomonlama munosabatlar, balki keng mintaqaviy va
xalqaro darajadagi hamkorlik istiqbollarini belgilab beradigan muhim diplomatikqadamdir.
  

Xalq deputatlari Dehqonobod
tuman Kengashi deputati

Jo‘raev Abdisaid Yunusovich