Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi
янв.21
2025-yil 31-yanvar kuni xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yetinchi chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 26-dekabr xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 29-noyabr xalq deputatlari tuman Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 6-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston va Turkmaniston munosabatlarining ramziy yuksalishi: Prezident Mirziyoevga Turkmanistonning oliy ordeni topshirildi.

 Joriy yilning 4–5 avgust kunlari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Turkmanistonning Turkmanboshi shahridagi "Avaza" milliy turizm hududida bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi tadbirlarida ishtirok etdi. 

Mazkur nufuzli forumda dengizga chiqish imkoni yo‘q 30 dan ortiq mamlakat, shu jumladan Markaziy Osiyo davlatlari, Afrika va Osiyoning turli mintaqalaridan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, moliya institutlari, fuqarolik jamiyati vakillari qatnashdi. Forumda asosiy e’tibor ushbu mamlakatlarning transport-logistika infratuzilmasi, savdo-sotiqda yuzaga kelayotgan to‘siqlar, iqlim o‘zgarishi, energiya xavfsizligi va suv resurslaridan oqilona foydalanish kabi masalalarga qaratildi. 

Prezident Shavkat Mirziyoev o‘z nutqida O‘zbekistonning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlar uchun uchraydigan murakkabliklarni
yengishdagi pozitsiyasi va tajribasi haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, Shavkat Mirziyoev dunyo hamjamiyatini quyidagi yo‘nalishlardagi hamkorlikni faollashtirishga chaqirdi:
 

Transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish – mintaqalararo bog‘liqlikni kuchaytirish maqsadida yangi xalqaro yo‘laklar yaratish;  

Savdo jarayonlarini raqamlashtirish va soddalashtirish – bojxona tartiblarini yengillashtirish, elektron hujjat aylanmasini joriy etish; 

“Yashil” iqtisodiyot va barqaror rivojlanish – qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, iqlim o‘zgarishining salbiy ta’sirini yumshatish
choralari;
 

Xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni kengaytirish – sarmoyalarni jalb qilish va infratuzilmaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash. 

Prezident ta’kidlaganidek, O‘zbekiston “Transport va logistika sohasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha global muloqot”ni yo‘lga qo‘yish tashabbusini ilgari suradi. 

BMT konferensiyasi doirasida Prezident Shavkat Mirziyoev Turkmanistonning "Hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun" ordeni bilan
taqdirlangani ham ikki davlat o‘rtasidagi hurmatning yuksak darajasini anglatadi. Prezident Mirziyoevning Turkmanistonga tashrifi ham ana shu jarayonning mantiqiy davomi bo‘lib, u nafaqat xalqaro anjumanda ishtirok etish, balki ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash nuqtai nazaridan ham katta ahamiyat kasb etdi. Mukofot topshirilishi nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, balki Prezident Shavkat Mirziyoevning mintaqaviy hamkorlik, integratsiya va barqaror taraqqiyot yo‘lidagi liderlik pozitsiyasini ham tasdiqlaydi. Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan ham yuksak e’tirof etilmoqda. 

Xasan Bobojonov,

“Yuksalish” harakati Buxoro viloyat hududiy
bo‘linmasi rahbari,
Халқ депутатлари viloyat
Kengashi deputati