Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining navbatdan tashqari o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘n birinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq o‘ninchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq to‘qqizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq sakkizinchi sessiyasi
янв.21
Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yettinchi chaqiriq yettinchi sessiyasi
янв.21
2025-yil 31-yanvar kuni xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining yetinchi chaqiriq 5-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 26-dekabr xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashining 4-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 29-noyabr xalq deputatlari tuman Kengashining 2-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
2024-yil 6-noyabr kuni xalq deputatlari tuman Kengashining 1-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
“Markaziy Osiyo – Italiya” sammiti - “yashil” taraqqiyot va strategik sheriklik sari muhim qadam

  Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan “Markaziy Osiyo – Italiya” formatidagi ilk sammit Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining yetakchi a’zosi bo‘lgan Italiya o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim siyosiy va iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.  

Sammitdagi muloqotlarda texnologik, "yashil" iqtisodiyot, ta’lim, madaniyat va xavfsizlik sohalaridagi ko‘p tomonlama hamkorlik
imkoniyatlari muhokama qilindi.
 

Davlatimiz Rahbarining sammitdagi nutqida Italiya bilan o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi yillarda uch barobarga oshgani ta’kidlandi. Shu bilan birga “Markaziy Osiyo – Italiya” ishbilarmonlar klubini tashkil etish taklif etildi. Bunday platforma nafaqat iqtisodiy aloqalarni kuchaytiradi, balki mintaqaviy biznes ekotizimini ham yangilashga xizmat qiladi.  

Shuningdek, Italiyaning bir qator moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda qo‘shma investitsiya fondlarini rivojlantirish kabi tashabbuslar aniq amaliy natijalarga qaratilgan.  

Bugungi global iqtisodiyot “yashil” energetika va barqaror rivojlanish g‘oyalariga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtai nazardan, uglerod chiqindilarini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya va vodorod texnologiyalari bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish taklifi ilgari surildi. Italiya bu sohadagi tajribasi bilan mashhur, va bu hamkorlik biz uchun katta imkoniyatdir.  

Prezidentimiz tomonidan Ta’lim va ilm-fan sohasida ham muhim takliflar bildirildi.  

Turin va Piza universitetlari filiallarining samarali faoliyati, mintaqadagi ilm-fan taraqqiyotida Italiyaning qo‘shgan hissasini ko‘rsatadi.  

Endilikda, “Markaziy Osiyo – Italiya” ilmiy-ta’lim konsorsiumini tuzish orqali akademik almashinuv, dizayn, biotexnologiya va muhandislik kabi sohalarda hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, turizm, madaniy almashinuv va kreativ iqtisodiyotni rivojlantirishda ham muhim tashabbuslar ilgari surildi. Xususan, Xiva shahrida yoshlar uchun kreativ iqtisodiyot forumini o‘tkazish taklifi tarix va zamonaviylikni uyg‘unlashtiruvchi g‘oya sifatida e’tirof etildi.  

Bir so‘z bilan aytganda, “Markaziy Osiyo – Italiya” formati nafaqat diplomatik muloqot balki, amaliy hamkorlik, o‘zaro ishonch va yaqinlashuv uchun yangi ko‘prik vazifasini o‘tamoqda.  

O‘zbekistonning ushbu sammitdagi faol ishtiroki, uning xalqaro maydondagi nufuzi va tashabbuskorlik pozitsiyasini yana bir bor namoyon qildi. Bu esa mintaqa davlatlari uchun nafaqat iqtisodiy manfaat, balki innovatsion rivojlanish, inson kapitali va madaniy yangilanishning ham mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi.  

Xalq deputatlari Dehqonobod tuman

Kengashi deputati Mexrinoz
Menglieva

Slide 1 of 1