Yangiliklar

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining o‘n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiyada Jizzax shahar tashkilot va idora rahbarlari, Kengash raisi va deputatlar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Kun tartibida 2025-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yoshlar siyosati, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, jamoat xavfsizligi, infratuzilma loyihalari va boshqa muhim 12 ta masala o‘rin oldi. Jumladan:

- Shaharda 2025-yilning 9 oyi davomida ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalarning bajarilishi;

- Jizzax shahar hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tayinlanishiga oid qarorni tasdiqlash;

- Mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;

- Yoshlar siyosati, xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mahallalar faoliyati, jamoat xavfsizligi, shuningdek, shahar sanitariya holati va chiqindilarni tashish masalalari;

- Shahar ko‘chalariga yangi nomlar berish takliflari;

- 2026-yil uchun ijtimoiy ehtiyojmand aholini ish bilan ta’minlash rejalari;

- Shahar byudjeti mablag‘laridan samarali foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi. Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 8