🏫 Xalq deputatlari Angren shahar kengashi deputati Nigmatov Mirzoferuz Obidjonovich tomonidan "Obliq" va "G'afur G'ulom" mahallalarida joylashgan ta’lim muassasalari va oilaviy poliklinikalarining qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
📚1.1 29-Umumta'lim maktabida tayyorgarlik holati!
🔍 Tashrif davomida deputat 29-umumta'lim maktab muassasani isitish tizimlari, suv ta’minoti, elektr energiyasi, ventilyatsiya va xavfsizlik tizimlarining holatini o‘rgandi, mavjud qulayliklar bilan tanishdi.
✅ Deputat tomonidan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining samarali kechishi va bolalar salomatligini saqlashga qaratilgan ishlar doimiy e’tiborda.
🏥 1.2 2-sonli oilaviy poliklinikada tayyorgarlik holati!
✅ Muassasaning barqaror faoliyat yuritishi, issiqlik bilan ta’minlanishi va tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida tegishli ko‘rsatmalar berildi.
🌿 Deputat sog‘liqni saqlash sohasida aholiga yanada qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratilishiga alohida e’tibor qaratmoqda.
🧒 1.3 Maktabgacha ta’lim muassasasidagi tayyorgarlik ishlari
🔍 Deputat isitish tizimlari, oziq-ovqat saqlash joylari, yotoqxona va o‘quv xonalari sharoitlarini ko‘zdan kechirib, mavjud imkoniyatlar bilan tanishdi.
✅ Tashrif davomida bolalar sog‘lig‘ini saqlash, gigiyena va xavfsizlik masalalari mavzusida ma'sular bilan doimiy aloqada bo'lishi takitlab o'tdi.
🌿 Deputat tomonidan bolajonlar uchun iliq, xavfsiz va qulay muhit yaratish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lib, bu boradagi amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.
📌 #DeputatNazorati #Angren #MTM #Bolajonlar #QishMavsumi #MirzoferuzNigmatov