Yangiliklar

Deputat tomonidan hududiy yettilik faoliyati o‘rganildi va istiqboldagi rejalar belgilandi

 2025-yil 21-oktyabr kuni Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi deputati Yu.Qurbaniyozov rahbarligida “Xidirsho” mahallasi yettiligining ish faoliyati o‘rganildi. 

Tashrif davomida deputat hududda olib borilayotgan ishlar, yettilik tarkibidagi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. 

Shuningdek, mahalla faollari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, mahalla hududida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va fuqarolarning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan rejalar ishlab chiqildi. 

Uchrashuv yakunida deputat tomonidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, muammolarni hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rish belgilab olindi. 

Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati   

Slide 1 of 4