#Xalq_deputatlari
#Sessiya
📍 Xalq deputatlari Angren shahar Kengashining navbatdagi VII chaqiriq 11-sessiyasi bo'lib o'tdi.
🟢 Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputatlari va tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari ishtirokida o'tgan sessiya kun tartibiga muvofiq
🔸 Angren shahar mahalliy budjetining 2025-yil 1-chorak ijrosi to‘g‘risida;
🔸 Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida;
🔸 Angren shahrida 2025-yilning 1-chorak natijalari, davlat budjeti, shuningdek, mahalliy budjetda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarining ijrosi hamda 2025-yilga belgilangan vazifalar to‘g‘risida;
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 405-sonli qarori 5-bandining ijrosi to‘g‘risida;
🔸 Xalq deputatlari Angren shahar Kengashi deputatlarining 2025-yil birinchi chorak yakuni bilan saylovchilariga axborot berish natijalari to‘g‘risida;
🔸 O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Angren shahar bo‘limining 2025-yil 1-choragi davomida o‘z yo‘nalishlarida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
🔸 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi “Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ishonchli ta’minlash va o‘lim holatlarini keskin kamaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 190-sonli hamda 2022-yil 12-iyuldagi “2022- 2026-yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 316-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.
🔸 Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Angren shahar bo‘limining 2024-yil davomida qilingan ishlari to‘g‘risida.
📋 Sessiya davomida mas'ullarning hisobotlari tinglandi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.