## O'zLiDeP BPT faoliyatidan ....
🔷 OʻzLiDeP Angren shahar Kehgashining Xotin-qizlar tadbirkorlik shahar markazi bilan oʼzaro hamkorligi tizimli boʼlib, doimiy ravishda davra suhbatlari, koʼrik-tanlovlar tashkil etiladi, jumladan partiyaning “Ishbilarmon ayol” loyihasi boʼyicha “Nurchi”, “Istiqbol”, “Bobotog”, “Gozal” mahallalaridan qandolatchilik bilan shugʼullanuvchi ayollar oʼrtasyda mahalla bosqichidagi korik-tanlov oʼtkazilib, shahar pogʼonasiga hususiy tadbirkor - qandolatchi Dildora Kamilova munosib deb topildi.
🔷 Shuningdek, tanlovdan soʻng mazkur markaz tarkibida 300 dan ortiq tadbirkorlardan iborat partiya boshlangʻʼich tashkilotiga ham Dildora Kamilova etakchi etib saylandi.
🔷 Mazkur markazda taxsil olayotgan xotin –qizlar bilan partiya shahar Kengashi apparati rahbari M.Narbaeva muloqot oʼtkazib, partiyaning dasturiy maqsad vazifalari toʼgʼrisida malumot berib, partiya azoligiga davat etdi.
🔷 Ushbu tadbirda ishtirok etgan hokim oʼrinbosari M.Abduraxmonova va Toshkent viloyati Xotin-qizlar tadbirkorlik markazi rahbari, partiya shahar Kengashi raisi oʻrinbosari - "Ayollar qanoti" raisi Sh.Madiyarovalar tomonidan bir guruh xotin – qizlarga partiya biletlari topshirildi.