Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#24_ta_masala 🩺 DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI

#24_ta_masala
🩺 DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 4-Tallimaron saylov okrugi deputati Djumayev Zafar hamda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov tomonidan deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida deputatlik nazorati amalga oshirildi.

Nazorat davomida poliklinikaning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar,hamda bepul dori -darmonlar sifati ham alohida ko'zdan kechirildi.

Shuningdek, poliklinika rahbari bilan suhbat o‘tkazilib, muassasada amalga oshirilayotgan ishlar, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va fuqarolar murojaatlari yuzasidan fikr almashildi.

Slide 1 of 1