35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

NOGIRONLIGI MAVJUD SHAXSLARGA DAVLAT TOMONIDAN BERILGAN IMTIYOZLARNING TO‘G’RI QO‘LLANILISHI HAMDA “NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TO‘G’RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi.O‘rganish davomida markaz direktorining o‘rinbosari Mahkamov Rustam, markazning Katta yoshdagilar va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash bo‘limi mudiri Turopov Umid hamda markazning Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘limi mudiri Hayitov Jahongir bilan muloqot o‘tkazilib, nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlash, uy sharoitida ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish amaliyoti hamda davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlarning amalda qo‘llanilishi yuzasidan ma’lumotlar olindi.Shuningdek, nogironligi bo‘lgan fuqarolarning
murojaatlarini qabul qilish va ular bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish tartibi o‘rganilib, 2026-yilning uchinchi choragida 121 nafar fuqaroga sanatoriyaga yo‘llanma berilgani ma’lum qilindi.O‘rganish jarayonida deputat tomonidan quyidagi masalalar yuzasidan savollar berildi.
2026-yil davomida nogironligi bo‘lgan shaxslardan markazga nechta murojaat kelib tushgani va ularning qanchasi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgani, nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va ijtimoiy kafolatlardan foydalanish huquqlarini tushuntirish hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatish ishlari qanday tashkil etilgani, sanatoriyaga
yo‘llanma, reabilitatsiya vositalari va boshqa ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda qonunchilikda belgilangan huquq va kafolatlarning to‘liq ta’minlanishi qanday nazorat qilinayotgani.Berilgan savollar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli javob va tushuntirishlar berildi.O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan shaxslarning davlat tomonidan belgilangan imtiyoz va kafolatlardan to‘laqonli foydalanishini ta’minlash, ularga ijtimoiy xizmatlarni manzilli ko‘rsatish hamda “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablarining to‘liq va samarali ijrosini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 2