35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

🏫 1-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari davom ettirildi.

👥 Xalq deputatlari Forish tumani Kengashi deputati N. Soliyev tomonidan 1-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida maktabning sport zali, sport infratuzilmasi, yo‘laklar va o‘quv jarayonini tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Mavjud holat tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
🏐 Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
🤝 Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan bunday o‘rganishlar mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish orqali ta’lim sifati hamda o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3