Yurtimiz bo‘ylab umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bayramona kayfiyatda o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputati B.Kuzenbayev 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan bayram tadbirida ishtirok etdi.
Tadbirda o‘quvchilar, ustozlar hamda ota-onalar ishtirok etib, yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi.
Maktab ostonasini ilk bor hatlab o‘tayotgan jajji o‘quvchilarga “Prezident sovg‘asi” topshirilib, ularning yangi bilimlar olamidagi ilk qadamlari qo‘llab-quvvatlandi.