35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan mahalla binosi qayta ta’mirlanmoqda

Deputat tashabbusi bilan mahalla binosi qayta ta’mirlanmoqda

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Akbarali Qayumov tashabbusi bilan Samarqand shahridagi Besh Chinor mahalla fuqarolar yig‘ini binosida keng ko‘lamli ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

✅ Mazkur bunyodkorlik ishlari mahalla binosini zamonaviy talablar asosida yangilash, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalla faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan.

✅ Hozirda obyektning ichki va tashqi qismlarini ta’mirlash, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash hamda hududni obodonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda.

✔️ Rejaga ko‘ra, yangilanayotgan mahalla binosini O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

⚡️ Mazkur loyiha amalga oshirilgach, mahalla fuqarolariga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yanada yaxshilanib, aholi bilan ishlash uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratiladi.

Slide 1 of 6