35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

19¹-modda

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan hududdagi 24-sonli umumta’lim maktabida “Open budjet” loyihasi doirasida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Mazkur loyiha doirasida maktab hududidagi stadion, voleybol va basketbol maydonlari hamda sport zalining tom qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

O‘rganish davomida qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda belgilangan loyihaga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Ushbu bunyodkorlik ishlari o‘quvchilar uchun yanada qulay va xavfsiz sport muhitini yaratish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun zarur sharoitlarni yaxshilashga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5