Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda shahar Kengashi deputati T. Isroilova tomonidan “Barkamol” MFY hududidagi savdo obyektlarida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari, savdo obyektlaridagi sanitariya va ozodalik holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlar narxlarining asossiz oshishining oldini olish, narxlar barqarorligini ta’minlash hamda aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazib berish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Aholi manfaatlari — doimiy e’tiborda!