35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

19_1 modda 🏗 Qurilish ishlari nazorat qilinmoqda. #Haftalik ish reja asosida

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 4-Tallimaron saylov okrugi deputati Djumayev Zafar Unarovich tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida 24-sonli umumta’lim maktabida “Ochiq budjet” tashabbusi asosida barpo etilayotgan 200 o‘rinli faollar zalining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirildi.

Deputat tomonidan qurilish ishlarining belgilangan loyiha va talablar asosida olib borilishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, ishlarning o‘z vaqtida va sifatli yakunlanishiga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur loyiha maktab o‘quvchilari va pedagoglar uchun zamonaviy, qulay sharoit yaratish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, yig‘ilishlar hamda jamoatchilik tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishga xizmat qiladi.

Deputat tomonidan qurilish jarayoni deputatlik nazorati asosida kuzatib borilishi

Slide 1 of 1