Andijon shahrida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tashkil etilgan siyosiy-ma’rifat soatining navbatdagi 30-sonida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati X. Xolmatov hamda shahar Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi Sh. Yusupov ishtirok etdi.
Tadbir davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi dolzarb vazifalar hamda xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini yuksaltirishga qaratilgan mavzular yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, islohotlarning mazmun-mohiyati hamda fuqarolik mas’uliyatini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.