35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi

✅ Aholini sifatli va barqaror ichimlik suvi bilan ta’minlash — inson salomatligi, munosib turmush sharoiti hamda hududlarda sanitariya-gigiena talablarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.

✅ Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashi deputati Majidova Sayyora Axmedovna tomonidan “Mustaqillik” mahallasida yashovchi bir guruh fuqarolarning murojaati asosida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

✅ Murojaatda “Mustaqillik” mahallasining “Ko‘klam nafasi” ko‘chasidan o‘tuvchi ichimlik suvi tarmog‘idagi mavjud quvurlar uzoq muddat foydalanilgani sababli yaroqsiz holga kelib qolgani va buning natijasida aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashda qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani bildirilgan.

✅ Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida tuman hokimligi tomonidan ushbu ko‘cha uchun yangi ichimlik suvi quvurlari ajratilib, hududga olib kelingan. Biroq ajratilgan quvurlar hali to‘liq tarmoqqa ulanib, foydalanishga topshirilmagani sababli muammo o‘z yechimini topmagan.

✅ Shu munosabat bilan deputatlik so‘rovida mavjud quvurlarni shunchaki ajratib qo‘yish bilan cheklanib qolmasdan, ularni amalda tarmoqqa ulash, montaj ishlarini yakunlash va aholini barqaror hamda sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash choralarini ko‘rish so‘ralgan.

✅ Shuningdek, ishlarni amalga oshirish uchun mas’ul tashkilot va mansabdor shaxslarni belgilash, bajarish muddatlarini aniqlash hamda ko‘rilgan chora-tadbirlar yuzasidan yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

✅ Bu kabi deputatlik nazorati aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar oldiga qonuniy tartibda qo‘yish va ularning amaliy yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ Eng muhimi, mazkur tashabbus natijasida “Ko‘klam nafasi” ko‘chasida istiqomat qiluvchi aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash, ularning turmush sharoitini yaxshilash va kundalik hayotdagi muhim muammolardan birini bartaraf etishga qaratilgan amaliy choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 3