35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Yoshlar yetakchisi faoliyati tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 6-Qorasuv saylov okrugi deputati Raximqulov Jamshid Yuldoshevich tomonidan hududdagi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada yoshlar bilan ishlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, bandligini ta’minlash, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlarning murojaatlari, mavjud muammolari va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 2