35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI. #24-tavsiya
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA MASALASI O‘RGANILDI.
янв.21
24-TAVSIYA IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot IQTISODIYOT VA MOLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
⚖️ QONUN TARG‘IBOTI DOIRASIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI.
Tillaqamar mahallasida DMTT qurilishi nazorat qilindi

 Tillaqamar
mahallasida DMTT qurilishi nazorat qilindi


Tillaqamar mahallasida “Open budget” dasturi doirasida barpo etilayotgan
davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT)ning qurilish jarayoni o‘rganildi.


Mazkur obyektning qurilish ishlari tuman Kengashi raisi B. Xaitov hamda
Kengash kotibiyati mudiri O. Murodov tomonidan joyiga chiqqan holda birgalikda
ko‘zdan kechirildi.


O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning
sifati, obyektning belgilangan loyiha talablari asosida barpo etilayotgani
hamda ishlarni o‘z vaqtida yakunlash masalalariga e’tibor qaratildi.


Mas’ullarga qurilish jarayonida belgilangan me’yor va talablarga qat’iy
rioya qilish, ishlarning sifatli bajarilishini ta’minlash hamda obyektni
belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar
berildi.


Yangi DMTTning foydalanishga topshirilishi Tillaqamar mahallasida
maktabgacha ta’lim xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirib,
bolalar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 4