35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR BOSHLANDI.
янв.21
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI TAHLIL QILINDI. #24-tavsiya
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA OLDI O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI.
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA MASALASI O‘RGANILDI.
янв.21
24-TAVSIYA IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot IQTISODIYOT VA MOLIYA BO‘LIMI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
⚖️ QONUN TARG‘IBOTI DOIRASIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA.
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
NAVBATDAGI SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI.
DEPUTATLIK TASHRIFI — “UVAYSIY” MAHALLASIDA DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Aleksandr Yem belgilangan ish rejasiga muvofiq “Uvaysiy” mahallasiga tashrif buyurib, hududdagi mavjud holat hamda aholini qiynayotgan masalalarni o‘rgandi.

🤝Tashrif davomida mas’ul xodimlar bilan hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

👉Muloqot davomida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun tog‘li hududlarda joylashgan sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirish imkoniyatlarini yaratish masalasi ham ko‘tarildi.

✅Mazkur tashabbusni amalga oshirish maqsadida xayriya fondlari, homiylar va hamkor tashkilotlarni jalb etish, shuningdek, masalani manzilli o‘rganib, amaliy yechim topish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish belgilandi.

Mazkur masalalar deputatlik faoliyatining 24 ta tavsiyaviy savoli doirasida ko‘rib chiqilib, mavjud muammolarni manzilli hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3